Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada jonsiz holda topilgan 39 muhojirning barchasi vetnamlik bo‘lgan
Aniqlanishicha, halok bo‘lganlarning barchasi vetnamliklar bo‘lgan.
Shuningdek, Vetnam hukumati jonsiz holda topilgan muhojirlarning barchasi vetnamlik bo‘lganini tasdiqlagan. Ma'lum qilinishicha, muhojirlar Vetnamning Xayfon shahri, Ngean, Xatin, Kuang Bin va Txma Txiyen Xue provinsiyalaridan bo‘lganlar.
Hozirda Britaniya va Vetnam ushbu voqeani birgalikda tergov qilmoqda.
Dastlab halok bo‘lganlar Xitoy fuqarolari bo‘lgani, keyinroq ular orasida vetnamliklar borligi aytilgan.
Vetnam bosh vaziri Nguyen Suan Fuk odamlarning noqonuniy tashilishi yuzasidan tergov o‘tkazishni topshirgan. Bundan tashqari, Vetnam huquq-tartibot idoralari muhojirlarning o‘limiga aloqador bo‘lgan 11 nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan. O‘z navbatida, Britaniyada ushbu voqea yuzasidan ikki shimoliy irlandiyalikka, jumladan yuk mashinasi haydovchisiga qasddan sodir etilmagan qotillik ayblovi qo‘yilgan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026