Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura: Akusherlik va ginekologiya markazining 15 mlrd so‘m pul mablag‘lari talon-toroj qilingan
Foto: uzakusherstvo.uz
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning ma'lum qilishicha, unda markazning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, “Davr bank”ning Yunusobod filiali, “Ipak yo‘li” bankining Mirzo Ulug‘bek filiali xodimlari hamda “T.S”, “S.F” MChJlari mansabdor shaxslari, “X.U” va “S.P.” xususiy korxonalari rahbarlari noqonuniy daromad orttirish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, 2018 yil va joriy yilning o‘tgan davrida markazning jami 15,3 mlrd. so‘m pul mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlandi.
Hozirda “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi
09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi
09:14 / 05.04.2025