Özbekiston non narxi arzon bölgan dunyodagi 5 ta davlat qatoriga kirdi. Bu haqda Numbeo ma’lumotlariga tayanib Energyprom xabar berdi.
Dunyoda nonning eng past narxi Tunisda qayd etilgan. Bu mamlakatda yarim kilogramm non 0,14 dollar (1596 söm) turadi. Undan keyingi örinlarni Jazoir (0,16 dollar yoki 1824 söm) va Liviya (0,34 dollar yoki 3875 söm) egallab turibdi.

Kuçli beşlikni Qozoğiston (0,36 dollar yoki 4102 söm) va Özbekiston (0,37 dollar yoki 4216 söm) yakunlab bergan.
MDH davlatlarida 0,5 kg vaznli bulka non Ozarboyjonda 0,39 dollar, Moldovada 0,43 dollar, Ukrainada 0,58 dollar, Rossiyada 0,61 dollar, Belarusda 0,64 dollar, Armanistonda 0,65 dollar turadi.
Dunyoda non narxi eng qimmat bölgan davlatlar: AQŞ - 3,27 dollar (37260 söm), Şveytsariya - 3,21 dollar (36577 söm) va Islandiya - 2,93 dollar (33387 söm).










