DXŞ agentligida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki vakillari bilan Özbekistonda jamoat infratuzilmasini rivojlantirişga kömaklaşiş masalasida uçraşuv bölib ötdi.
YeTTB vakillari infratuzilmani barqaror rivojlantiriş böyiça xalqaro tajriba xususida öz fikrlarini bayon etişdi. Şuningdek, energetika, transport, soğliqni saqlaş sohalarida mavjud bölgan DXŞ loyihalari haqida ma'lumot berişdi.
Uçraşuvda YeTTB vakillari bilan respublikaning yöl-transport salohiyati tahlil qilindi. Yöl xöjaligi strategiyasini işlab çiqiş va 2020-2030 yillarda transport sektorining boş rejasini tuziş bilan boğliq masalalar muhokama etildi.
Bundan taşqari, yöl-transport infratuzilmasini moliyalaştirişning muqobil usullarini topişga alohida e'tibor qaratildi. Hozirgi vaqtda yöl xöjaligidagi ayrim tösiqlar va mavjud kamçiliklar DXŞ loyihalarini amalga oşirişda real yeçimlarni topişga xalaqit beradi. Sohaga xususiy sektorning aralaşuvini çeklaydi.
Uçraşuvda YeTTBning loyihalarni tayyorlaş böyiça direktori Metyu Jordan-Tank Özbekistonda yöl xöjaligi va transport sektori infratuzilmasini DXŞ mexanizmlaridan foydalanib, barqaror rivojlantirişga kömaklaşiş uçun tayyor ekanligini bildirdi.
Uçraşuvda qayd etilganidek, transport sohasining yönalişlaridan biri - yöl xöjaligini rivojlantiriş uçun bugungi kunda katta sarmoya zarur. Dastlabki ma'lumotlarga köra, mavjud yöllardan hozirda yiliga 98 foiz yuk va 88 foiz yölovçi taşiladi. Katta mablağ evaziga bu yöllar ta'mirlanib, sifati yaxşilandi. Biroq, 70 ming km uzunlikdagi avtomobil yöllari katta ta'mirga muhtoj.
Transport sohasiga DXŞ mexanizmlari joriy qilinsa, ana şu yöllarni ta'mirlaş va sifatini yaxşilaşni moliyalaştirişga qöşimça sarmoyalar jalb qiliş imkoniyati kengayadi, deyiladi Moliya vazirligi ma'lumotida.
DXŞ mexanizmi şuningdek sifat va xizmat körsatiş samaradorligini oşiradi. Avtomagistrallarda esa harakatlaniş qulayligi ortib, yölga ketgan vaqt qisqaradi.













