«Toşkent şahar aholisi va mehmonlaridan bozorlar oldidagi avtoturargohlarga va yöl böyiga maşinalar notöğri qöyib ketilayotgani töğrisida köplab şikoyatlar kelib tuşmoqda. Notöğri qöyilgan avtomobillar boşqa transport vositalarining harakatiga xalaqit beradi, tirbandliklar keltirib çiqaradi va buning oqibatida YTHlar sodir böladi.
Toşkent şahar IIBB YHXB YHX xodimlari noqonuniy «parkovka»ga qarşi kuraşib kelişmoqda. Köp hollarda bozorda savdo qiluvçi sotuvçilar öz avtomobillarini ruxsat etilmagan joylarda qoldirişi bilan boğliq holatlar aniqlangan. Ular bilan profilaktik suhbatlar ötkazilgan, avtomobillarni notöğri joyda qoldirganlik uçun jarimalar qöllanişi haqida ogohlantirişlar berilmoqda. Qayerdadir muammo bozorlar yaqinida töxtaş qoidalari buzilişini qayd etuvçi kameralar orqali hal qilinmoqda, qayerdadir dalolatnomalar tuziş orqali.
Ammo haydovçilar öz avtomobillarini notöğri joyda qoldiriş orqali yöllardagi harakatga xalaqit berişsa va öz vaqtida kelib maşinani olişmasa nima qiliş kerak? Bunday holatlarda YPX xodimlari «oğir artilleriya» orqali çora körişadi - qoidabuzarning avtomobili evakuator bilan jarima maydonçasiga olib ketiladi.
Masalan, 7 noyabr kunining özida «Çilonzor» buyum bozori («Ippodrom»), «Toşkent savdo markazi» («Abu Saxiy») hamda «Bektöpi» bozori hududidagi örnatilgan tartibga zid ravişda taşlab ketilgan 13ta avtomobil evakuator orqali jarima maydonçasiga olib borilgan. Uşbu avtomobil egalariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-6-moddasiga muvofiq ma'muriy javobgarlik fakti böyiça dalolatnomalar tuzilgan (bu böyiça EKIHning 3 baravarigaça - 608 190 söm miqdorida jarima solinişi mumkin).
Hurmatli haydovçilar! Yöl harakati qoidalarini buzmang, yöl harakatining boşqa iştirokçilariga xalal bermang. Bu sizning oilaviy budjetingiz va vaqtingizni tejaşga, asablaringizni asraşga yordam beradi. Iltimos, bozorga borganda u yerdagi mavjud avtoturargohlar xizmatidan foydalaning», — deyiladi Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati xabarida.










