«IŞID ekstremistlari Afğonistonda mağlub bölib, yakson qilindi», deb aytgan Andrabiy Nangorhor viloyati politsiya boşqarmasi boşliğini taniştiriş vaqtida. Uning aytişiça, “IŞIDning mayda guruhlari Afğoniston hukumat kuçlariga taslim bölmoqda, mamlakatning boşqa tumanlariga köçmoqçi bölgan jangarilar esa xavfsizlik kuçlari tomonidan yöq qilinadi”.
Andrabiyning ta'kidlaşiça, mahalliy aholi hukumat kuçlarini qöllab-quvvatlaydi va “heç qanday xorijiy [terrorçilik] tarmoqqa Afğoniston yerida örnaşib olişga yöl qöymaydi”.
IŞID Afğonistonda borligini 2015 yilda e'lon qilgan. Terrorçilik guruhi zimmasida mamlakatda, ayniqsa Nangorhorda sodir etilgan köplab teraktlar, mahalliy hokimiyat vakillari va tinç aholiga hujumlar bor.











