Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Qaşqadaryo viloyatida şifokorlar yordami bilan 103 yoşli Jumagul momoning xiralaşgan közlari köra boşlagani haqida xabar berdi.

«Qaşqadaryo viloyati köz kasalliklari şifoxonasiga Çiroqçi tumani Beşçaşma mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi 103 yoşli Jumagul momo Eşnazarova közlari xiralaşganidan şikoyat qilib murojaat qilgan edi.

Jumagul momo şifoxonada töliq tekşiruvdan ötkazilib, unga asoratli katarakta taşxisi qöyildi. Momo avvaliga Golovin–Sivsev jadvalida (köz şifokorlari xonasida osiğliq turadigan turli kattalikdagi harflar va şakllardan iborat jadval) bor-yöği 2 qator harf köra olar edi.

Olti kunlik ambulator davolaş tadbirlaridan söng momoning közlari ravşanlaşib, jadvaldagi 5 qator harflarni töliq köra boşladi», deyiladi xabarda.

Şifokorlarning qayd etişiça, 103 yoşda bunday holat hayratlanarli hodisa hisoblanadi.

«Mutaxassislar bilan maslahatlaşib, kelgusida şifoxonamizga keltirilgan zamonaviy fakoemulsifikator uskunasi yordamida momoning közlariga sun'iy gavhar qöyişni möljallayapmiz», – deydi şifokor Davron Berdiyev. – Ajabmas, momomiz yana çevarçilik bilan şuğullanib qolsalar...

«Yoşligida Katta Farğona kanalini bunyod etişda iştirok etgan Jumagul momo hali tetik va bardam. Momo şifokorlarga çin dildan minnatdorlik bildirib, kasb bayrami bilan tabrikladi», deyiladi Qaşqadaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmati xabarida.