Ta'kidlanişiça, hiqiçoq tutiş bolaga öz nafas olişini boşqarişni örganişida yordam beradigan miya signallari tölqinini vujudga keltiradi. Bunday xulosaga London universitet kolleji olimlari kelişdi.
“Hiqiçoq bilan çaqirilgan faoliyat bolaga diafragmani [kökrak böşliğini qorin böşliğidan ajratib turuvçi pardadevor] tepaga-pastga harakatlantirib, nafas oliş muşaklarini nazorat qilişni örganişida yordam berişi mumkin”, deb ta'kidlab ötgan tadqiqot rahbari Lorenso Fabritsi.
Tadqiqot öz vaqtida va vaqtidan oldin tuğilgan çaqaloqlar miyasini skanerlaşga asoslangan. Sinaluvçi çaqaloqlarning miya faoliyati elektroensefalografiya yordamida kuzatilgan. Aniqlanişiça, bolani har gal hiqiçoq tutganda uning miyasida diafragmaning qisqarişi bilan boğlangan neyron tölqinlar vujudga kelgan.
Yangi tuğilgan çaqaloqlarda hiqiçoq tutiş 8 daqiqa, çala tuğilgan bolalarda esa 15 daqiqagaça davom etişi mumkin, biroq bu ota-oalarni çöçitmasligi kerak.
Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, insonda hiqiçoq ona qornida bölganda (homiladorlikning 9-haftasida) paydo böla boşlaydi. Şu tariqa, hiqiçoq tuğilgandan keyin saqlanib qoluvçi eng erta fiziologik faollik turlaridan biri hisoblanadi.
Hiqiçoq çaqaloqqa nafas olişni örganişida yordam bersa, uning katta yoşda uzoq davom etişi xavfli kasallik alomati bölişi mumkin. Şifokorlarning ma'lum qilişiça, agar katta yoşli odamni 48 soat va undan köproq vaqt davomida hiqiçoq tutsa, bu unda miya şişi borligini anglatişi mumkin.











