Şveytsariyaning Patek Philippe kompaniyasi soati xayriya auksionida rekord narxga – 31 mln şveysar frankiga (31 mln dollardan köproq) sotildi. Bu haqda The Guardian naşri xabar berdi.
“Rekordçi” soat Grandmaster Chime 6300A-010 Jyenevada ötgan Only Watch xayriya auksioni uçun maxsus yaratilgan. Soat 2017 yilda örnatilgan avvalgi rekordni yangilagan. Öşanda amerikalik aktyor Pol Nyumanga tegişli Rolex Daytona soati 17,8 mln dollarga sotilgan edi.
Soat uçun olingan pullar Dyuşen muşak distrofiyasi kasalligini örganiş uçun yönaltiriladi.
Soat 20 ta funksiya bilan ta'minlangan bölib, ulardan 2 tasi ilk bor tatbiq qilingan. Xususan, soat ikki siferblatli korpusga ega bölib, ulardan biri puşti rangli oltindan, boşqasi qora rangli yoğoçdan işlangan.
Auksion oldidan soat 3 mln şveysar frankiga baholangandi, biroq oxirgi narx kutilgandan ziyoda bölib, deyarli 10 barobar köproqni taşkil qilgan. Cristie’s auksion uyining soatlar bölimi boşliği Sabina Kegelning ta'kidlaşiça, uşbu soat “tarixdagi eng murakkab qöl soati bölib, u qahva tayyorlaşdan bölak deyarli barça işni qila oladi”.
Şuningdek, auksionda soatsoz Fransua-Pol Jurnning soati 1,8 mln frankka, Audemars Piguet kompaniyasi soati 1 mln frankka sotilgan.
Auksion davomida umumiy hisobda 38,5 mln frank töplaşga muvaffaq bölingan.
Only Watch xayriya auksioni 2 yilda bir marta ötkazilib, barça olingan pullar Dyuşen muşak distrofiyasi kasalligini örganiş uçun beriladi. Statistikaga köra, bu kasallikdan dunyo böylab har 3500 bola va ösmirdan bittasi aziyat çekadi.











