Iyulda Monakoda bölib ötadigan auksionda dunyodagi eng murakkab modeldagi soatlardan biri bölgan Patek Philippe 5208P sotuvga qöyiladi, deb xabar bermoqda Le Point naşri. Biroq bu soat noyobligi va murakkabligidan taşqari, uning sobiq egasi sifatida Vladimir Vladimiroviç Putin ismli şaxsning körsatilgani bilan ham e'tiborga loyiqdir.

Ma'lumki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin soatlarga juda ham qiziqadi. Frantsuz naşrining ma'lum qilişiça, soat 1 mln yevroga baholanmoqda.

Patek Philippe 5208P şveysar soati abadiy kalendar, xronograf va repiter bilan  jihozlangan.

Soatga ilova qilinayotgan hujjatlarda uning egasi sifatida Vladimir Vladimiroviç Putin ismli şaxs körsatilgan. Bu şaxs Rossiya prezidentining adaşi bölişi yoki buning barçasi hazil tariqasida keltirilganining ehtimoli deyarli yöq. Naşrning ta'kidlaşiça, uşbu soatlar öziga qanday e'tiborni tortişi noma'lum, çunki uni sotuvga qöygan şaxs haqida ismidan bölak boşqa heç qanday ma'lumot mavjud emas.