Straus House işi böyiça 400 nafarga yaqin şaxslar söroq qilinib, jabrlanuvçi va fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etildi.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, Straus House MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işining dastlabki tergov harakatlari yakunlaniş arafasida turibdi.

Xabarda aytilişiça, bugungi kunga qadar jinoyat işi böyiça 400 nafarga yaqin şaxslar söroq qilinib, jabrlanuvçi va fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etilgan.

Dastlabki tergovning töliqligini ta'minlaş maqsadida, Straus House MÇJ mansabdor şaxslarining jinoiy harakatlaridan jabr körib, murojaat qilmagan fuqarolar bölsa, özlari yaşab turgan hududidagi IIB huzuridagi tergov bölimlariga yoki IIV huzuridagi Tergov departamentiga yoxud 71-231-41-28, 71-231-43-02 telefon raqamlariga qönğiroq qilib, murojaat qiliş huquqlari mavjudligi ma'lum qilindi.

«Straus House» ta'sisçisi Ibrohim Isroilov mijozlaridan olgan pullarni nimalarga sarflagani ma'lum böldi«Strause House» kompaniyasidan jabrlanganlar Içki işlar vazirligiga murojaat qilişi söralmoqda