Sankt-Peterburgning 16-sonli tuğruqxonasida Özbekistonda qidiruvda bölgan 27 yoşli özbekistonlik ayol qölga olindi. Aniqlanişiça, Husniya ismli uşbu ayol firibgarlik uçun federal qidiruvda bölgan. Bu haqda “Jurnalisskiye rassledovaniya” agentligi xabar berdi. 

Ayol homilador bölgan va tölğoq tutganda tuğruqxonaga tez tibbiy yordam maşinasida keltirilgan. Ayol tuqqunigaça şifokorlar yöriqnomaga amal qilgan holda uning migratsiya hisobiga qöyilişini ma'lum qilişgan.

Ana şu vaqtda ayol Özbekistonda qidiruvda bölgani aniqlangan. Ayol katta miqdordagi firibgarlik sodir etişda gumon qilingan. Özbekiston Jinoyat kodeksida bunday jinoyat uçun 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş közda tutilgan. Biroq xabarda ta'kidlanişiça, agar ayol zararni töliq qoplab bersa, ozodlikka çiqarilişi mumkin.

Ayni vaqtda firibgar ayolning qölga olingani haqida Özbekiston huquq-tartibot idoralariga xabar qilingan.