Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston XDP yetakçisi «Beş nafar farzandi bor va bitta oylik maoşi bilan yaşayotgan bölsa, 2,5 million oylik olsa, bemalol uyidagi beş nafar farzandi bilan... Buni iqtisodçilar hisoblab çiqqan», degandi.
Bugun, 13 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazida bölib ötgan yiğilişda XDP Markaziy Kengaşi sektor mudiri Ravşan Xomitov Uluğbek Inoyatov faqat oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilişni nazarda tutganligini aytdi.
«Bizning siyosiy partiyamiz rahbari, hurmatli Uluğbek Ilyasoviç, 2,5 million pul 5 kişidan iborat oilaga yetadi degan fikrni bildirganida oilaning barça xarajatlarini nazarda tutmagan. Balki faqat oziq ovqat mahsulotlarini xarid qilişni nazarda tutgan edi», - dedi Xomitov.
Uluğbek Inoyatovning öşa sözlari ijtimoiy tarmoqlarda keskin fikrlarga sabab bölgandi.













