Iordaniya va Avstraliya (0:1) o‘rtasidagi uchrashuv bilan Osiyoda JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi 5-turining barcha uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.
14 noyabr, seshanba kuni o‘tkazilgan sakkizta guruhdagi 5-tur o‘yinlaridan keyin ikkinchi bosqichning 1-davrasiga yakun yasaldi. Faqatgina uch guruhda 3 ta terma jamoa barcha o‘yinlarini g‘alaba bilan yakunlagan.
Jumladan, “A” guruhida Suriya Xitoy terma jamoasini mag‘lub etib, 4 o‘yinda 4 g‘alaba qayd etgan holda yaqqol peshqadam bo‘lsa, “V” guruhida Avstraliya safarda Iordaniyani mag‘lub etib, guruhida 100 foizli natija ko‘rsatdi. “F” guruhida esa peshqadam Yaponiya Qirg‘izistondan 0:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib, 4 o‘yindan keyin maksimal – 12 ochko to‘pladi.
O‘zbekiston terma jamoasi 19 noyabr kuni 6-tur doirasida Falastin terma jamoasini qabul qiladi. Ushbu o‘yindagi g‘alaba milliy terma jamoamizni kamida 7-turgacha - 2020 yilning 26 mart kuniga qadar guruhda peshqadam bo‘lishini ta'minlaydi. Sababi, kelasi turda Saudiya Arabistoni terma jamoasi dam oladi.
Quyida 5-turning barcha natijalari va guruhlardagi holat bilan tanishing:
JCh-2022. Saralash. Osiyo. 5-tur.
14 noyabr (payshanba)
“A” guruhi
Suriya – Xitoy – 2:1
Maldiv – Filippin – 1:2

“V” guruhi
Iordaniya – Avstraliya – 0:1
Kuvayt – Xitoy Taypeyi – 9:1

“S” guruhi
Gonkong – Bahrayn – 0:0
Iroq – Eron – 2:1























