Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tölovçilar faoliyatida amalga oşiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga oliş tartibi örnatiladi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tölovçilar faoliyatida amalga oşiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga oliş tartibi töğrisidagi Nizomga köra, soliq organi tomonidan soliq tölovçilar faoliyatida ötkaziladigan soliq nazorati jarayonini qayd etiş maqsadida, dalillarni qayd etiş uçun bayonnoma tuziş bilan bir qatorda nazorat tadbiri jarayoni videotasvirga olinadi.

Soliq organi tomonidan ötkaziladigan nazorat tadbirida soliq tölovçilarga qaraşli muayyan tartibga böysunuvçi obektlarni videotasvirga oliş qonunçilikda taqiqlanmagan hollarda amalga oşiriladi.

Soliq organi tomonidan soliq tölovçi töğrisida olingan har qanday ma'lumot soliq sirini taşkil etadi (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno). Soliq organiga kelib tuşgan, soliq sirini taşkil etuvçi ma'lumotlar saqlaş va foydalanişning maxsus rejimiga ega böladi.

Nazorat tadbirini videotasvirga oliş jarayonida soliq tölovçilar va ularning vakillari quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:

a) soliq tölovçi va uning vakillarining huquqlari:

soliq organining nazorat tadbiri ötkaziş töğrisidagi buyruği bilan tanişiş;

nazorat tadbiri yakuni böyiça olingan videotasvir ma'lumotlaridan nusxa oliş;

soliq organi mansabdor şaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda şikoyat qiliş;

soliq organi tomonidan ötkaziladigan nazorat tadbiri jarayonini videotasvirga oliş.

b) soliq tölovçi va uning vakillarining majburiyatlari:

nazorat tadbirini soliq organi tomonidan videotasvirga oliş uçun şaroit yaratiş;

soliq organi mansabdor şaxslarining nazorat tadbirini videotasvirga olişiga tösqinlik qilmaslik;

soliq organi xodimlarining talabiga köra nazorat tadbiri yakuni böyiça olingan videotasvir ma'lumotlaridan nusxa beriş;