Özbekistonlik boksçi Bektemir Meliqöziyev AQŞning Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda Rossiyaning “Mir boksa” kompaniyasi ma'lum qildi. 

Hamyurtimiz oxirgi jangini 2 noyabrda ötkazib, amerikalik Kley Kollardni mağlub etgandi. Bektemir professional ringda uçta jangda uçta muddatdan avval ğalabaga erişib, Golden Boy va “Mir Boksa” kompaniyalari yordamida ikkinçi örta vaznda yuqoriroq çöqqilarga kötarilişni istamoqda.

Boksçining özi şartnoma imzolaganidan mamnun ekanligini aytgan. “Men televizor orqali köplab katta janglarni körganman va qaçondir AQŞ televideniyesi orqali janglari namoyiş qilinuvçi boksçilardan biriga aylanaman, deb orzu qilganman. Hozir menda şunday imkoniyat paydo böldi”, deb aytgan özbekistonlik sportçi.

Golden Boy Promotions’ning egasi amerikalik maşhur boksçi, bir neça karra jahon çempioni Oskar De La Xoyya hisoblanadi. “Biz Bektemir Meliqöziyevni ilgari suriş böyiça “Mir Boksa” bilan birga işlaşdan mamnunmiz. Bu yigit haqiqiy yirtqiç. U kuçli, baquvvat va uning qöl-oyoqlari juda çaqqon, ayniqsa uşbu vazn toifasi uçun”, deb aytgan De La Xoyya.