Yilning eng yaxşi yoş öyinçisiga topşiriladigan «Golden Boy» sovriniga da’vogarlarning harakatlarini baholab boradigan Golden Boy Index reytingi nomzod öyinçilarning 2023 yilning 3 oktyabridan joriy yilning 19 may sanasigaça bölgan iştirokini baholadi. Röyxatga Yevropaning eng yaxşi 25ta çempionatida faoliyat yuritayotgan 2004 yildan keyin tuğilgan öyinçilar kiritiladi.
Unga köra, uşbu reytingni «Barselona» yarimhimoyaçisi Lamin Yamal boşqarayotgan bölsa, «Benfika» a’zosi Joau Neveş va «MYu» yarimhimoyaçisi Alexandro Garnaço uçlikdan joy olgan.
E’tiborlisi, Golden Boy Index reytingidan Abduqodir Husanov ham joy olgan. Özbekiston milliy va olimpiya jamoasi hamda «Lans» klubining 20 yoşli himoyaçisi 87-örinda qayd etilgan.
Top-10lik quyidagiça köriniş olgan:
1. Lamin Yamal («Barselona»);
2. Joau Neveş («Benfika»);
3. Alexandro Garnaço («Mançester Yunayted»);
4. Uorren Zair-Emeri («PSJ»);
5. Leni Yoro («Lill»);
6. Savio («Jirona»);
7. Kobbi Maynu («Mançester Yunayted»);
8. Pau Kubarsi («Barselona»);
9. Aleksandar Pavloviç («Bavariya»);
10. Riko Lyuis («Mançester Siti»).
..87. Abduqodir Husanov («Lans»).

Ma’lumot uçun, «Real» yarimhimoyaçisi Arda Gyuler 19-örinda, Gavi 20, Vitor Roke esa 50-örindan joy olgan.
Qayd etiş joiz, uşbu reyting Golden Boy topşiriladigan oktyabr oyiga qadar oyda bir marta yangilanib boriladi.
Eslatib ötamiz, 2023 yilda Golden Boy sovrini Jud Bellinghemga nasib qilgan bölsa, sönggi yillarda Gavi (2022), Pedri (2021) va Holand (2022) ham sovrinni qölga kiritgan.











