Mustaqil davlatlar hamdöstligi Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) kengaşi raisining taklifiga binoan joriy yil 20-22 noyabr kunlari Tanzila Norboyeva rahbarligida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi rasmiy taşrif bilan Sankt-Peterburg şahrida böladi.

Senat axborot xizmati xabariga köra, taşrif doirasida delegatsiya MDH PA Kengaşining navbatdagi majlisida va MDH PAning elliginçi yalpi majlisida iştirok etadi.    

Şuningdek taşrif doirasida “Qişloq hududlarni barqaror rivojlantiriş” davra suhbati majlisi bölib ötadi. Mazkur tadbirda qişloq hududlarni barqaror rivojlantiriş, bu sohada muvaffaqiyatli strategiyalar va dasturlarni amalga oşiriş yuzasidan tajriba almaşiş masalalari körib çiqadi.