Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2019 yilning yanvar-oktabr oylarida respublikada avtomobil benzini işlab çiqariş hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan kamaydi.

Qayd etilişiça, 2018 yilning şu davrida 966,8 ming tonna benzin işlab çiqarilgan bölsa, 2019 yilda - 839,5 ming tonna.

Dizel yoqilğisini işlab çiqariş hajmida ham pasayiş kuzatildi. 2018 yilda 900,1 ming tonna dizel işlab çiqarilgan bölsa, 2019 yilda - 839,2 ming tonna.

Şu bilan birga, Özbekiston 2019 yil yanvar-oktabr oylarida neft qazib olişni 2018 yilning şu davriga nisbatan (624,3 ming tonna) qisqartirdi - 584,1 ming tonnagaça.

2019 yil yanvar-oktabr oylarida tabiiy gaz qazib oliş qariyb 49,3 milliard kub metrni taşkil etdi, bu 2018 yilning şu davriga nisbatan kam (49,8 milliard kub metr).

2019 yil yanvar-oktabr oylarida Özbekiston 1,73 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning şu davriga nisbatan kam (1,77 million tonna).