Xitoyning China Mobile mobil aloqa operatori özining har yillik “Intellektual qurilmalar sifati haqida hisobot”ini e'lon qildi. Uşbu hisobotda yilning eng yaxşi smartfonlari ham e'lon qilingan. Ta'kidlanişiça, köpçilik körsatkiçlarga köra Huawei Mate 30 qatori smartfonlari yetakçilik qilgan.
Huawei Mate 30 Pro 5G smartfoni 5G tarmoğini qöllab-quvvatlovçi eng yaxşi mobil telefon uçun mukofot olgan. Bundan taşqari, qurilma öyin öynaş imkoniyatlari uçun ham 5 ball olgan. Huawei Mate 30 Pro esa video sifati va uni tahrirlaş imkoniyatlari uçun eng yuqori ball olgan.
China Mobile’da ta'kidlanişiça, Mate 30 qatorining muvaffaqiyati Huawei Kirin 990 çipi, barqaror aloqa uçun yaxşilangan antennalar, kam elektr iste'moli va issiqlikni yaxşi tarqatişi bilan boğlangan.

Huawei Mate 30 Pro 5G smartfoni iPhone 11 Pro Max, Oppo Reno Ace va boşqa raqobatçi modellardan ustunroq bölgan.
Şuningdek, Huawei Mate 30 Pro smartfoni 430 dollardan qimmatroq smartfonlar örtasida 5 ball olgan. China Mobile Conference hakamlari uşbu telefonni 2019 yilning eng yaxşi smartfoni deb tan olişgan.












