Soliq organlarining yagona axborot tizimi joriy etiladi
Özbekiston Respublikasi prezidentining «Soliq ma'muriyatçiligini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 10.07.2019 yildagi PQ-4389-son qaroriga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 dekabrga qadar buxgalteriya hisobini amalga oşiriş hamda soliq tölovçilar va soliq organlari örtasida real vaqt rejimida ma'lumotlar almaşiş imkonini beradigan, soliq hisobotini topşiriş tizimi bilan integratsiya qilingan buxgalteriya hisobining yagona axborot tizimini işlab çiqişi va joriy qilişi belgilangan.
Kuçli ta'sir qiluvçi dori vositalari maxsus litsenziyaga ega dorixonalar tomonidan realizatsiya qilinadi
Prezidentning «Dori vositalari noqonuniy aylanişining oldini oliş çoralarini kuçaytiriş töğrisida»gi PQ – 4438-sonli qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 dekabrdan boşlab Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan kuçli ta'sir qiluvçi moddalar röyxatiga kiritilgan alohida dori vositalari buyum-miqdor jihatdan hisobga olinişi lozim va ularning çakana realizatsiyasi (berilişi) faqat ijtimoiy dorixonalar, şuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlaş va realizatsiya qiliş (beriş) faoliyatiga litsenziyasi mavjud bölgan dorixonalar tomonidan amalga oşiriladi.
«Reklama töğrisida»gi qonunning yangi tahriri loyihasi işlab çiqiladi
Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 11 sentyabrdagi PF-5817-son farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş va reklama bozorini tartibga soliş sohasida amalga oşiriladigan çora-tadbirlar dasturining 2-bandiga muvofiq Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan yangi tahrirdagi «Reklama töğrisida» qonun loyihasi işlab çiqilişi belgilangan.
Obektlarni baholaşning yagona milliy standartlarini tasdiqlanadi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4381-son qarori bilan Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 dekabrga qadar eng yaxşi xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, baholaşning xalqaro standartlari tamoyillari asosida, mulkçilik şaklidan qat'i nazar obektlarni baholaşning yagona milliy standartlarini tasdiqlaş çoralarini köriş vazifasi yuklatilgan.
Çegaradoş davlatlar şaharlari örtasida transport aloqalarini ta'minlaş böyiça reja işlab çiqiladi
Prezidentning «Özbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 13.08.2019 yildagi PF-5781-sonli Farmonida Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi «Özbekiston temir yöllari» AJ bilan birgalikda 2019 yil 1 dekabrga qadar xalqaro aeroportlar yölovçilariga qulay logistika yaratiş uçun mamlakatimiz va çegaradoş davlatlar şaharlari örtasida transport aloqalarini (avtobus va temir yöl qatnovlari) ta'minlaş böyiça reja işlab çiqişi lozimligi belgilangan.










