2019 yil 11 - 17 noyabr kunlari "ÖzRTXB"da ötkazilgan birja savdo natijalariga köra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yönalişlar böyiça şakllanib bordi.
Körib çiqilayotgan davr mobaynida 3572,7 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qöyildi, va şundan 3090,6 tonnasi sotildi. Sönggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini böyiça şakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,2 foizga pasaydi va bir tonnasi uçun 6223,9 ming sömni taşkil etdi.
Oltinning narxi kiçik pasayişni körsatmoqda, sönggi savdo haftasida şakllangan birja kotirovkasi 1,5 foizga pasayib, 1 gr oltin uçun 446,5 ming sömni taşkil etdi. Haftalik savdo natijalariga köra ÖzRTXB da 446,5 mln sömlik 1000 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Sotuvçi sifatida “Olmaliq KMK” AJ savdoda qatnaşdi.
Ötgan haftada suyultirilgan gaz işlab çiqaruvçilari birja savdolari orqali 13,2 mlrd sömlik 4568,0 tonna suyultirilgan gaz sotişdi. Gazning birjada şakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 11,7 foizga kötarilib, bir tonna uçun 2900,5 ming sömni taşkil etdi.
Birjada paxta tolasi uçun yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. Ötgan hafta 1 nav 4 tip (oddiy klass)dagi paxta tolasi böyiça narxlar 1,4 foizga ösib, bir tonna uçun 14,9 mln sömni taşkil etdi. Paxta tolasini boşqa navlarining narxlari örtaça 7,3 mln sömdan 13,0 mln sömgaça böldi.












