Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boşqarmasi va Narpay tuman bölimi tomonidan tuman elektr ta'minoti korxonasida iste'molçilarning şaxsiy hisob-varaqalariga kiritilgan tölovlarning qonuniyligi örganilganda elektr tarmoqlari korxonasining katta miqdordagi mablaği asossiz tarzda turli korxonalar hisob-raqamlariga ötkazib yuborilgani aniqlangan. 

Bu haqda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boşqarmasi Kun.uz`ga xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, 2018-2019 yillar davomida korxonaning bir guruh xodimlari korxonaning hisob raqamidagi jami 499,1 million söm miqdordagi pul mablağlarini hududda joylaşgan 173 ta korxona va taşkilotlarning “Elektrhisob” dasturidagi şaxsiy hisob-raqamlariga heç qanday hujjat va asossiz ötkazib berilgan. 

Noqonuniy ötkazib berilgan mablağlar evaziga uşbu korxona va taşkilotlar mas'ul xodimlaridan naqd pullarni olib, uşbu pullarni  elektr ta'minoti korxonasiga kirim qilmasdan, bank kassasiga topşirmasdan, özlarining şaxsiy manfaatlari uçun işlatib yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Narpay tuman bölimi tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlarini olib boriş uçun tuman prokuraturasiga yuborilgan.