Prezident Şavkat Mirziyoyevga 13-avgust kuni «Yangiyöl tajribasi» asosida hududlarda iste’molçilarni yonilği-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlaş, energiya samaradorligini oşiriş, tarmoqlardagi yöqotişlar va debitorlik qarzdorligini kamaytiriş böyiça amalga oşirilgan işlar yuzasidan axborot berildi.

Avvalroq mazkur tajriba asosida har bir hududdan bittadan tanlab olingan 14 ta tumanda namunaviy tizim yaratiş vazifasi belgilangan edi. Işlar «mahallabay» taşkil etilib, 916 ta mahalla, 832 mingta xonadon, 49 mingta tadbirkorlik sub’yekti va 2,2 mingdan ortiq ijtimoiy soha ob’yekti qamrab olindi.

Har bir mahalla böyiça energetik pasport va energiya resurslariga talab balansi şakllantirildi. Natijada 265 ta mahallada 60 megavatt elektr quvvati, 42 ta mahallada esa yiliga 47 million kub metr tabiiy gaz taqçilligi mavjudligi aniqlandi. Şu bilan birga, 207 ta mahallada quvvat zaxirasi borligi ma’lum böldi.

Örganişlar davomida 14 ta tumanda 5 ming 695 ta transformator, 6,9 ming kilometr elektr tarmoği, 242 kilometr gaz tarmoği va 404 ta gaz taqsimlaş qurilmasi ta’mirtalab ekani aniqlangan.

Hozirga qadar 441 ta transformator, 1 ming 134 kilometr elektr tarmoği, 88 kilometr gaz tarmoği hamda 92 ta gaz taqsimlaş qurilmasi ta’mirlangan.

Hisob-kitoblarga köra, kelgusi beş yilda mazkur tumanlarda energiya resurslariga talab 49 foizga oşişi kutilmoqda. Şu bois aholi va tadbirkorlarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlaşga qaratilgan beş yillik dastur işlab çiqildi.

Dasturga muvofiq, 721 ta mahallada 2 ming 261 ta transformator va 7 ming 449 kilometr elektr tarmoği yangilanadi. Şuningdek, 200 ta mahallada 313 ta gaz taqsimlaş qurilmasi va 327 kilometr gaz tarmoğini yangilaş belgilangan.

Uşbu işlar natijasida hududlarda qöşimça 1 ming 300 megavatt ötkazuvçanlik quvvati yaratilişi rejalaştirilmoqda.

Prezident 14 ta tumanda qöllangan yondaşuvni respublikaning barça tumanlarida joriy etiş zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga barça hududlarda işlarni «mahallabay» taşkil etiş, energetik pasportlar va energiya iste’moli balansini şakllantiriş, tarmoqlar holatini manzilli örganiş hamda aniqlangan muammolarni bosqiçma-bosqiç bartaraf etiş böyiça topşiriqlar berildi.