Çarli Davoli – sayyoramiz kelajagini öziga xos suratda köra oladigan iste'dodli fotorassom. U inson va tabiat örtasidagi qarama-qarşilikda tabiat tomonda bölişni afzal biladi. Çunki ertami-keçmi tabiat zamonaviy sivilizatsiyani yutib yuborişiga işonadi.

Syurrealistik fotografiya vakili öz ijod namunalarini Instagram sahifasiga joylab boradi.

Davoli bu yilni faol sayohatlarga sarflab, dunyoning yarmini aylanib çiqdi. Qayerda bölmasin, şahar manzaralarini suratga oldi. U yovvoyi tabiat bu joyni qölga kiritiş uçun kuraş olib borganida qanday körinişda bölişini tassavur qilişga urindi.

Şu tariqa «Tabiat antiutopiyasi» loyihasi paydo böldi. Unda şahar manzaralari tabiat tomonidan zabt etilgan va uning xohişiga köra özgartirilgan. Tabiat öziga tegişli makonni özi istagan tarzda qayta taqsimlaydi. Yölida uçragan insoniyat izlarini «yakson qiladi».