Pekinda 2019 World 5G Convention tadbirida Xiaomi kompaniyasi smartfonlar işlab çiqariluvçi yangi zavodi işga tuşirilişini e'lon qildi. Yangi zavodning öziga xos jihati şu böladiki, unda yiğiş liniyasi zamonaviy texnologiyalar qöllangan holda töliq avtomatlaştirilgan böladi. Bu esa kompaniyaning mobil qurilmalariga katta talabni qondirişga imkon beradi.
Yangi zavod quvvati har yili 1 mlnta smartfon işlab çiqarişga imkon beradi. Biroq istiqbolda smartfonlar işlab çiqarilişi bir soniyada bir smartfonga yetkaziladi, bu esa an'anaviy zavodlar işlab çiqariş quvvatidan 60 foizga köproqni taşkil qiladi. Innovatsion korxona qurilişi boşlab yuborilgan. U Pekin iqtisodiy va texnologik rivojlaniş zonasida joylaşadi.
Xiaomi, şuningdek, 5G-smartfonlar yönalişini rivojlantirmoqçi. Kelasi yil kompaniyaning 300 dollardan qimmatroq barça qurilmalari 5G tarmoqlarida işlay oladi.
Jumladan, Xitoy kompaniyasi 5G-smartfonlarning 10 ta modelini işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.












