Özbekiston futbolida VAR (Video Assistant Referee – hakamning video yordamçisi) tizimini joriy etiş közda tutilmoqda. Şu maqsadda Toşkentda VAR tizimini yölga qöyiş, uşbu tizimdan samarali foydalaniş böyiça seminar ötkazildi.
Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi taşabbusi bilan taşkil etilgan uşbu seminarda FIFA Hakamlar boşqarmasidan Maykl Bossler, FIFAning futbolda zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etiş boşqarmasidan Bxveşan Morgen va IFAB vakili Tibo Niysen bu boradagi öz bilim va tajribalari bilan örtoqlaşişdi.
Qayd etiş joiz, FIFA va IFAB tavsiyalariga muvofiq VAR tizimini yölga qöyiş uçun 7 oydan 12 oygaça vaqt talab etiladi va bu 3 bosqiçda amalga oşiriladi.
Dastlabki ikki bosqiçda bu borada yetarli tajribaga ega VAR provayderi bilan hamkorlik yölga qöyiladi, uşbu tizim böyiça işlaydigan mutaxassislar, videoperatorlar tayyorlanadi, stadionlar VAR tizimidan foydalaniş uçun moslaştiriladi, VAR böyiça işlovçi hakamlar malakasi oşiriladi, şuningdek, yakuniy bosqiçda futbolçi, murabbiylar, futbol jamoatçiligiga VAR tizimining işlaş tartibi böyiça zarur ma'lumotlar taqdim etiladi. Şundan keyin VAR tizimidan foydalaniş mumkin böladi.
Endi bu tizimni Özbekistonda ham joriy etiş böyiça keng qamrovli iş olib boriladi. VAR tizimidan rejaga muvofiq tarzda, bosqiçma-bosqiç, 2021 yildan boşlab foydalaniladi.











