Innovatsion rivojlaniş vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, “Agrowin” va “N.E.F.” startap-korxonalari vakillari USAID dasturining Markaziy Osiyoda raqobatbardoşlik, savdo va iş örinlarini yaratiş loyihasi taklifiga binoan Qozoğistonning Çimkent şahrida ötkazilgan IX Markaziy Osiyo savdo forumida iştirok etgan.
Bu startap-korxonalar Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan ötkazilgan startap loyihalar tanlovi ğolibi bölgan edi.
IX Markaziy Osiyo savdo forumining mavzusi “Meva-sabzavot sohasidagi innovatsiyalar va investitsion yondaşuvlar“ bölib, unda Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa va AQŞ Davlat sektori vakillari va soha mutaxassislari iştirok etdi.

Mazkur forum doirasida N.E.F.” startap-korxonasi Qozoğiston meva-sabzavotçilik ilmiy-tadqiqot institutining “Sariagaş“ mintaqaviy filiali bilan qöşma korxona taşkil etiş böyiça şartnoma imzoladi.
“N.E.F.” (“New ecological feed” – “Yangi ekologik ozuqa”) qoramol, qöy, quyon, parranda, baliq uçun yem mahsulotlari tayyorlaşning yangi texnologiyasini işlab çiqarişga joriy etgan. Mazkur startap jamoasi vitaminlarga boy omixta ozuqalar, parranda, çorva yoki boşqa hayvon turlarining ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda yem mahsulotlari va qöşimçalar tayyorlaş, qişki mavsumda çorva uçun barra öt yetiştiriş bilan şuğullanadi.


Hamkorlikning maqsadi taşkilotlarning texnik salohiyatini birlaştiriş, tajriba almaşiş va “N.E.F - Yangi ekologik ozuqa“ hamda Qozoğiston meva-sabzavotçilik ITIning “Sariagaş“ mintaqaviy filiali örtasida ikki tomonlama özaro manfaatli aloqalarni rivojlantirişdir. Şartnoma, şuningdek, vitamin mahsulotlari, omixta yem va ularning maxsus tarkibiy qöşimçalarini işlab çiqarişni közda tutadi.
Öz navbatida, “Agrowin” startap loyihasi 2019 yilda taşkil etilgan bölib, “in vitro” usulida mevali, manzarali, xona köçatlari va payvand taglarini köpaytiriş bilan şuğullanadi.












