Özbekistonda ilk bor aralaş jang san'atlari böyiça GFC-20 (Gorilla Fighting Championship) turniri ötkazildi. Turnirga faxriy mehmon sifatida Habib Nurmagomedov taklif etildi. 

«Humo Arena»da ötgan 13ta jangning 7tasida özbekistonlik sportçilar ham oktagonga çiqişdi. Nursulton Röziboyev, Jahongir Jumayev, Ahliddin Mirzadavlatov, Muzaffar Rajabov, Avliyoxon Hamidov ğalabaga erişişgan bölsa,  Jamşid Rahmonaliyev va Amin Ergaşev mağlubiyatga uçraşdi. 

Oqşomning markaziy jangi esa rossiyalik Umar Nurmagomedov hamda argentinalik Brayan Gonsales örtasida bölib ötdi. Unda rossiyalik jangçi çempionlik unvonini munosib tarzda himoya qildi va raqibini muddatidan avval mağlub etdi.

Oqşom yakunida Özbekiston aralaş jang san'atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov va UFC çempioni Habib Nurmagomedov sözga çiqib, GFC-20 turniri yuqori saviyada ötganini yana bir bor ta'kidlaşdi. Habib Nurmagomedov Otabek Umarovga  esdalik kamarini topşirdi.

Ötkazilgan janglar natijalari: