«Korean and migrations xususiy bandlik agentligi» MÇJ litsenziyasi töxtatildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, vazirlik tomonidan «Korean and migrations xususiy bandlik agentligi»ga berilgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda işga joylaştiriş faoliyati bilan şuğullanişga ruxsat etuvçi 0010-sonli litsenziya töxtatilgan.

Avvalroq, Kun.uz tahririyatiga Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro Xurşid D. Çilonzor tumanida joylaşgan «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJ rahbarlaridan şikoyat qilib kelgandi.

Suriştiruv davomida agentlik rahbarlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aniqlandi. IIV huzuridagi Tergov departamenti mas'ul xodimi Adhamjon Abdullayev agentlik faoliyatidagi holat böyiça ma'lumot berdi.

«Içki işlar vazirligiga fuqarolardan 2019 yil 4 yanvarda taşkil etilgan «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJning mansabdor şaxslariga nisbatan köplab murojaatlar kelib tuşdi. Arizalar yuzasidan vazirlik huzuridagi Tergov departamenti tomonidan 10 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, ya'ni «aldaş va işonçni suiiste'mol qiliş» yöli bilan özganing juda köp miqdordagi mulkini qölga kiritiş holati yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.

Aniqlanişiça, fuqaro Qahramon O. va boşqalar «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJni ta'sis etib, xorijda işga joylaştirişga kömaklaşiş niqobi ostida çet elda işlaş istagida bölgan fuqarolarga yolğon va'dalar berib, jamiyatga murojaat qilgan 645 nafardan ziyod fuqarolarning har biridan 27 million sömdan 32 million sömgaça bölgan pul mablağlarini jamiyat balansiga kirim qiliş yöli bilan jami 12 milliard sömdan ortiq pulni qölga kiritgan va uşbu mablağlarni şaxsiy manfaatlari yölida sarflab yuborişgan.

Jinoyat işi yuzasidan olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari davomida fuqarolarning mol-mulkini jinoiy tajovuzdan himoyalaş va «Korean and migration xususiy bandlik agentligi» MÇJning faoliyati şaffofligini örganiş maqsadida moliya-xöjalik faoliyati yuzasidan hujjatli taftiş tayinlandi.

Jamiyat direktori Qaxramon O., Musurmon A. va Odil K.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblov e'lon qilinib, «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.