Fransiyaning haşamat buyumlari işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi LVMH — Louis Vuitton Moyot Hennessy kompaniyasi 16,2 mlrd dollarga transmilliy zargarlik kompaniyasi Tiffany’ni sotib olganini tasdiqladi.

Milliarder Bernar Arnoga tegişli LVMH’da uşbu xarid kompaniyaga AQŞ bozoridagi pozitsiyalarini mustahkamlab olişga yordam berişi hamda özining soatsozlik va zargarlik biznesiga “yangi ölçov berişi” aytilgan. Tiffany kompaniya tarixidagi eng yirik xarid bölgan.

LVMH kompaniyasi Louis Vuitton, Givenchy, Guerlain, Kenzo, Moyot & Chandon, Hennessy va boşqa savdo belgilari ostida haşamat buyumlari işlab çiqaradi. Kompaniya boş qarorgohi Parijda joylaşgan. 1837 yilda taşkil etilgan va boş qarorgohi Nyu-Yorkda joylaşgan Tiffany & Co kompaniyasi esa zargarlik va haşamat buyumlari hamda aksessuarlar işlab çiqaradi.