Transport vazirligining Toşkent şahar hududiy boşqarmasi boşliği Anvar Jörayevning aytişiça, 2020 yil 1 yanvardan Toşkentdagi jamoat transportida avtomatlaştirilgan tölov tizimi joriy etilgaç, poytaxt avtobuslarining harakatlaniş jadvaliga amal qilib, tungi vaqtlardayam işlaşi nazoratga olinadi.
«Avtomatlaştirilgan tizim joriy qilingandan keyin taşuvçilarning har bitta yönaliş böyiça qatnovçi avtobuslari soat neçada oxirgi reysni yakunlagani, oxirgi yölovçini soat neçada manziliga eltib qöygani böyiça ma'lumotga ega bölamiz. Uşbu ma'lumotlarga asosan xizmat vazifasi lozim darajada bajarilmagan holatlar böyiça taqdimnomalar kiritamiz», deya Anvar Jörayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Transport vazirligi avtomobil va daryo transportini rivojlantiriş departamenti boşliği Ruslan Rözimetovning qöşimça qilişiça, yangi tizim yölovçi oqimini örganib, şunga muvofiq çoralar körişga imkoniyat yaratadi.
«Qaysidir yönalişda soat 22:00da yölovçi bölmasligi mumkin, ammo boşqa bir yönalişda tungi vaqtdayam avtobus harakatlanişiga ehtiyoj bor. Şunda zarurat bor yönalişlarga avtobuslarni burib yuborişimiz mumkin böladi. Yangi tizim bizga yölovçilar oqimining hisob-kitobi, nazoratini qölga oliş, har qanday muammoni joyida hal qiliş imkonini beradi.
Şu paytgaça biz jamoat transportidan aslida qança odam foydalanişi böyiça aniq ma'lumotga ega bölmaganmiz. Yangi tizimning afzalligi ham şunda. Qolaversa, vaqt va masofaga boğlangan tariflar juda köp masalalarga yeçim böladi. Ilgari yölovçilar öz manziliga bitta avtobusda uzoq vaqtda yetib borgan bölsa, yangi tizimda 2 yoki 3ta transport almaşib, eng muhimi öşa pulga manziliga yetib oladi», deydi Ruslan Rözimetov.

Tadbirda yölkira tölaşning avtomatlaştirilgan tizimi 2020 yilning 1 yanvaridan Toşkentda, 1 avgustdan Nukus şahri va viloyat markazlarida, 2021 yil 1 yanvardan Respublikaning boşqa hududlaridagi jamoat transportiga joriy etilişi kutilmoqda.
Avvalroq yangi tizimda öqituvçilar, pensionerlar, öquvçi-talabalar hamda qonunçilikda belgilangan tartibda jamoat transporti xizmatidan imtiyozli asosda foydalaniş huquqiga ega alohida fuqarolar toifalari uçun imtiyozlar saqlab qolinişi haqida












