28 oktabr – 6 noyabr kunlari Turkiyaning Çorum şahrida 16 yoşgaça bölgan sportçilar orasida Butunjahon Şaxmat olimpiadasi ötkazildi.
38 davlatdan 44 jamoa, umumiy hisobda 300dan ortiq sportçi qatnaşgan musobaqada Özbekiston milliy jamoasi şaxmatçilari Ozarboyjon milliy jamoasidan keyin ikkinçi örinni egalladilar. Uçinçi örin Belarus milliy jamoasiga nasib qildi.
Nufuzli musobaqada yurtimiz şarafini Xalqaro toifadagi grossmeysterlar – Abdusattorov Nodirbek, Sindarov Javohir, FIDe sport ustasi Kasimov Ali, Madaminov Muhiddin, FIDe sport ustasi Omonova Umida himoya qilişdi. Ularga Yuldaşev Saydali murabbiylik qildi.

Sportçilarning musobaqada qatnaşiş xarajatlari Raqamli iqtisodiyotni qöllab quvvatlaş «Raqamli işonç» fondi tomonidan moliyalaştirildi.
Özbekiston Şaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabariga köra, Osiyo Şaxmat federatsiyasi prezidenti Şayx Sulton bin Xalifa Ol Nahayon Özbekiston milliy jamoasini muvaffaqiyat bilan qutlab, tabriknoma yölladi.












