Özbekiston milliy jamoasi uşbu musobaqaga amaldagi çempion sifatida yöl olgan. Mamlakatimiz erkaklar va ayollar terma jamoasi tarkibi bilan tanişing:

Erkaklar terma jamoasi: 

⁃ Nodirbek Abdusattorov
⁃ Javohir Sindarov
⁃ Nodirbek Yakubboyev
⁃ Şamsiddin Vohidov
⁃ Jahongir Vahidov

Qizlar terma jamoasi:

⁃ Afruza Hamdamova
⁃ Nilufar Yakubbayeva
⁃ Umida Omonova
⁃ Marjona Malikova
⁃ Nodira Nodirjonova

Yigitlarimizga 1-turda Trinidad va Tobago terma jamoasi raqib bölsa, qizlarimiz Gaiti bilan kuç sinaşadi. Musobaqa şveysarça formatda jami 11 ta turdan iborat böladi.

Eslatib ötamiz, Hindistonda bölib ötgan 44-Butunjahon şaxmat olimpiadasida Özbekiston erkaklar terma jamoasi çempion bölgan edi.

Ma’lumot örnida, Özbekiston milliy jamoasining öyinlarini 11 sentabr kuni soat 18:00 dan boşlab UzChess YouTube kanalida jonli efirda tomoşa qiliş mumkin.