«46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida»gi prezident farmoni imzolandi.

Farmon bilan quyidagi shaxmatchilar, murabbiylar va xodimlar taqdirlandi:

«Oʻzbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

– Madaminov Muhiddin Bahodirjon oʻgʻli - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan
– Abdusattorov Nodirbek Fazliddin oʻgʻli - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
– Vohidov Shamsiddin Poʻlat oʻgʻli - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi
– Ëqubboyev Nodirbek Murodbek oʻgʻli - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan
– Qosimjonov Rustam Mashrukovich - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
– Shermuhammadov Samandar Nurulla oʻgʻli - Parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
– Sindarov Komil Oydinovich - Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi oʻrinbosari

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
– Sindarov Javohir Sanjarbekovich - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi

«Doʻstlik» ordeni bilan
– Moʻminova Nafisa Alisherovna - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
– Sattarov Bobir Muxamadi oʻgʻli - Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi
– Talipov Rashid Azatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport yoʻnalishi boʻyicha masʼul xodimi

«Mardlik» ordeni bilan
– Vaxidov Jaxongir Tairovich - Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar milliy terma jamoasi aʼzosi