Özbekiston Respublikasi prezidenti “Aholining içimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasini oşiriş va uning sifatini yaxşilaş uçun Özbekiston Respublikasining suv resurslarini boşqarişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjatga köra, “Özsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyati taşkil etilmoqda va uning ustav kapitali Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligining davlat unitar korxonalari ustav kapitalidagi davlat aktivlari va uluşlarini topşiriş hisobiga şakllantiriladi, şuningdek, uşbu korxonalar mas'uliyati çeklangan jamiyatlar sifatida qayta tuziladi.

2020 yil 1 yanvardan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining körsatilayotgan suv ta'minoti va suv çiqariş xizmatlari uçun tölovlarning töliqligi va öz vaqtida amalga oşirilişini ta'minlaş, iste'molçilarning qarzdorligini kamaytiriş böyiça funksiyalarini “Özsuvta'minot” AJ va uning tarkibiga kiruvçi taşkilotlarga ötkaziladi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Içimlik suvidan foydalanişni nazorat qiliş davlat inspeksiyasi Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi Içimlik suvidan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi sifatida qayta taşkil etiladi, amaldagi vazifa va funksiyalarni, şuningdek, moliyalaştiriş tartibini saqlab qolgan holda vazirlik tarkibiga ötkaziladi.