Samarqanddagi yöl-transport hodisasi oqibatida çet el fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
2019 yil 24 noyabr kuni taxminan soat 20:00da haydovçi, Tojikiston Respublikasi fuqarosi 27 yoşli E.N. boşqaruvidagi «Opel» rusumli avtomaşinasida Buxoro-Samarqand yönalişida «Buxoro-Samarqand» M-37 avtomobil yölining 141-km.da harakatlanib ketayotgan vaqtida uxlab qolişi natijasida boşqaruvni yöqotib, yölning öng tomonidagi beton tösiqqa urilib, yöl-transport hodisasi sodir qilgan.
Yöl-transport hodisasi oqibatida haydovçi E.N. hodisa joyida vafot etgan, avtomaşina yölovçisi 28 yoşli U.Q. turli tan jarohatlari bilan Paxtaçi tuman markaziy şifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 24 noyabr kuni Paxtaçi tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam ölimiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












