Madaniyatlar, ilm-fan çorrahasida joylaşgan Samarqand şahri yana bir muhim voqeaga guvoh böldi. Qisqa fursat içida Özbekiston oliy ta'lim sohasida ulkan özgarişlar qilişga muyassar bölgan «Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti öz maqomini yana bir bor isbotladi.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va «Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti hamkorligida 25 noyabr kuni Samarqand şahrida «Turizm va ta'lim: özaro hamkorlik va taraqqiyot yöllari» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Konferensiyada dunyoning köplab davlatlaridan, jumladan, Singapur, Möğuliston, Bosniya va Gersegovina, Pokiston, Portugaliya, Janubiy Koreya, Qozoğiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Polşa, Qirğizistondan taşrif buyurgan turizm va mehmondöstlik sohasidagi ilğor mutaxassis va olimlar iştirok etişdi.

Konferensiya öz oldiga Özbekistonning turizm sohasida kadrlar tayyorlaş va malakasini oşirişning yagona köp bosqiçli tizimini şakllantiriş böyiça ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar almaşiş uçun xalqaro platforma yaratiş, şuningdek, mazkur vazifalarni hal etişda ta'lim va biznes hamkorligining mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça ilmiy-amaliy tavsiyalar işlab çiqişni maqsad qilib qöygandi.
Nufuzli ilmiy anjuman doirasida «Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti va Koreyaning «Kyong Xe» universiteti bilan özaro xamkorlik şartnomasi, Qozoğistonning Miras universiteti bilan ikki tomonlama «Double degree» qöşma dasturi memorandumini imzolaş marosimi bölib ötdi.
Şuningdek, Singapurning Turizm markazi bilan «Central Asia and South East Asia Tourism Center» (Markaziy Osiyo va janubi-şarqiy Osiyo xalqaro turizm tadqiqot markazi)ning oçiliş marosimi bölib ötdi. Markazning boş maqsadi - Markaziy Osiyo davlatlarining sayyohlik brendlarini Janubiy-Şarqiy Osiyo mamlakatlarida ilgari suriş va ulardan taşrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini oşiriş hamda Markaziy Osiyo davlatlarida janubi-şarqiy Osiyo mamlakatlarining turizm salohiyatini tarğibot qilişdan iboratdir.
Janubi-şarqiy Osiyo mamlakatlarining köp sonli aholisi uçun Markaziy Osiyo qulay turizm maskani hisoblanadi. Ayniqsa, Xitoy, Indoneziya, Fillipin kabi davlatlardan taşrif buyuradigan sayyohlar sonining oşişi Markaziy Osiyo mamlakatlarida yangi iş örinlari sonini köpaytiribgina qolmay, balki aholi daromadining salmoqli darajada oşişiga hamda turizmda xalqaro integratsiyaning yanada kuçayişiga olib keladi.













