Iqtisodiyot | 18:15 / 28.11.2019
8040
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON: Xususiy qazib chiqarish hajmlari oshirilib, «O‘zbekneftgaz» hamkorligida gaz uzatish quvurlari qurilishi davom ettirilmoqda

28 noyabr kuni Chigil-5 qudug‘ida burg‘ulash va GRP ishlari yakunlangach, mazkur yangi ochilgan quduqning kunlik debit hajmi 300 ming kub.m. ni tashkil etdi. Qazib chiqarilayotgan gazning hammasi ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.

Gaz quvurlari qurilishi

28 noyabr holatiga ko‘ra, 22,0 ming tn quvurlar (127,4 km) keltirish uchun yuklandi; 14,5 ming tn quvurlar (88,6 km) keltirildi; 35,8 km zovurlar kavlandi; 54,5 km quvurlar qatorga payvandlandi va 6,9 km quvurlar zovurga yotqizildi.

O‘tgan kunlar davomida: 0,4 ming tn quvurlar (1,6 km) keltirish uchun yuklandi; 2,4 ming tn quvurlar (14,9 km) keltirildi; 2 km zovurlar kavlandi; 3,6 km quvurlar qatorga payvandlandi va 0,7 km quvurlar zovurga yotqizildi.

Kompaniya ishlarning borishi haqida ma'lumot yetkazib boradi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid