Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğistonning Nukus tumanida odamlar köçaga çiqib yöllarda avtomaşinaning eski balonini yoqib yurgani tasvirlangan video tarqaldi.

ÖzA xabar berişiça, mazkur norozilik namoyişi tuman markazidan 8,5 kilometr olisdagi «Qirantau» ovul fuqarolar yiğiniga qaraşli «Şortanbay» ovuliga tabiiy gaz yetib bormasligi ortidan kelib çiqqan.

Nukus tumani hokimligi bergan ma'lumotga köra, «Şortanbay» ovuli fuqarolari M.J. va A.U. hudud içidan ötadigan yöl böyiga çiqib, qişloqdoşlarini norozilik mitingiga çorlaydi. Odamlarning e'tiborini tortiş uçun asfalt yölga avtomaşinalarning pokrişkalarini yoqadi va voqea joyiga 70ga yaqin odam yiğiladi.

Tuman hokimi A.Seytaxov va tuman prokurori Ş.Allambergenov vaziyatni voqea joyiga borib örganadi. Qişloq aholisining kömirga bölgan talabi örganib çiqilib, şu kunning özida 116 tonna kömir yetkazildi.

Qiş mavsumida tabiiy gaz töliq yetib bormaydigan ijtimoiy obektlar va xöjaliklarning röyxati tuzilgan bölib, uşbu hududlarga boşqa muqobil energiya resurslarini yetkazib beriş böyiça qaror qabul qilingan.

«Qirantau» OFY hududi ham uşbu röyxatga kiritilgan.

Hozirgi vaqtda mazkur hududga suyultirilgan gaz va kömir yetkazib berilmoqda. Lekin, qişloq aholisi kömir sifati past ekanligini ta'kidlab, kömir sotib olişdan boş tortgan va hududni tabiiy gaz bilan ta'minlab berişni talab qilgan.

«Öztransgaz» AJ «Qaraqalpaqstangaz» filiali boşliği X.Aymanov va Qoraqalpoğiston Içki işlar vaziri A.Temirxanov norozi aholi bilan uçraşib, tabiiy gaz yetişmovçiligi sabablarini va bu norozilik namoyişlari qonunga zid ekanligini tuşuntirdi.

Hozirgi vaqtda hudud aholisini muqobil energiya resurslari bilan doimiy ta'minlaş böyiça işçi guruh tuzilib iş olib bormoqda.

Aholining suyultirilgan gaz va sifatli kömirga bölgan talabi hisoblab çiqilib, tez fursatda yetkazib beriş çoralari körilmoqda. Bugungi kunda hududda 1541 xonadon bor bölib, şundan 420 yordamga muhtoj har bir xonadonga 500 kilogrammdan kömir va 2 dona gaz ballonlari bepul yetkazildi. Hamda 10 telejka quruq ötin ham bepul berildi.