«Arsenal» boş murabbiyi Unai Emeri iste'foga çiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman xabar berdi.
«Arsenal» 28 noyabr kuni Yevropa Ligasi guruh bosqiçining 5-turi doirasida «Ayntraxt»ga öz uyida yutqazdi (1:2), jamoa pley-offga çiqiş imkoniyatini saqlab qolgan bölsa-da, bu natija muxlislarning ham, rahbariyatning ham «sabr kosasini töldirdi».
Ispaniyalik mutaxassis klubni öz ştabi bilan birga tark etgan. Jamoani endi vaqtinça Fredrik Yungberg boşqarib turadi.
«Bu qaror natijalar va öyinlar talab darajasida bölmayotgani tufayli qabul qilindi. Biz Freddi Yungbergdan mas'uliyatni zimmasiga olib boş murabbiy vazifasini bajaruvçi bölişni söradik. Işonamizki, Freddi bizni oldinga boşlay oladi. Hozir yangi boş murabbiy qidirmoqdamiz, jarayon yakuniga yetgaç buni e'lon qilamiz», deyiladi klub rasmiy sayti xabarida.
Londonliklar barça turnirlar doirasida 7 öyinda ğalaba qozona olişmayotgandi. Bu jamoaning sönggi 27 yildagi eng yomon natijasidir.
• 27.10.2019, APL: «Arsenal» – «Kristal Pelas» – 2:2;
• 30.10.2019, Liga Kubogi: «Liverpul» – «Arsenal» – 5:5 (pen. 5:4);
• 02.11.2019, APL: «Arsenal» – «Vulverhempton» – 1:1;
• 06.11.2019, Yevropa Ligasi: «Vitoriya» – «Arsenal» – 1:1;
• 09.11.2019, APL: «Lester» – «Arsenal» – 2:0;
• 23.11.2019, APL: «Arsenal» – «Sauthempton» – 2:2.
• 28.11.2019, Yevropa Ligasi: «Arsenal» – «Ayntraxt» – 1:2.
Londonliklar 22 yil davomida, Arsen Venger boşqaruvida (1996-2018 yillar) bunday noxuş seriya qayd etmagandi.
Emeri «Arsenal»ni 2018 yil bahoridan buyon boşqarib kelayotgandi. 2018/19 yilgi mavsumda u jamoa bilan Yevropa Ligasi finaliga çiqdi, ammo «kanonirlar» finalda «Çelsi»ga yutqazib qöydi (1:4). Angliya çempionatining 2018/19 yilgi mavsumida «Arsenal» beşinçi örinni egalladi va YeÇLda iştirok eta olmadi.
Londonliklar joriy mavsumda APLning 13 turidan keyin 18 oçko jamğarib, turnir jadvalida 8-örinda bormoqda.
Jamoaga taklif etilişi mumkin bölgan nomzodlar orasida yaqinda «Tottenhem Hotspur» boş murabbiyligidan iste'foga çiqarilgan Maurisio Poçettino, ayni vaqtda «Mançester Siti»da Xosep Gvardiolaga yordamçilik qilayotgan, «Arsenal»ning sobiq futbolçisi Mikel Arteta, «Yuventus»ning sobiq boş murabbiyi Massimiliano Allegri, «Bornmut» ustozi Eddi Hau va «Vulverhempton» boş murabbiyi Nunu Eşpiritu Santu nomlari bor.












