Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegişli Speedtest.net internet-servis 2019 yilning oktabr oyi yakunlariga taalluqli ma'lumotlarni e'lon qildi. Unda jahondagi davlatlarda mobil va simli internet tezligi taqqoslab çiqilgan.

Özbekiston mobil internet tezligi böyiça 141 davlat içida 136-örinda qayd etilgan — Internetdan örtaça yuklab oliş tezligi 9,48 Mb/soniya, yuklaş tezligi esa 5,73 Mb/soniya. Bu borada körsatkiç sentabr oyiga nisbatan 7 öringa pastlagan.

Simli internet borasida Özbekiston 176 davlat orasida 119-öringa joylaştirilgan — Internetdan örtaça yuklab oliş tezligi 18,90 Mb/soniya, yuklaş tezligi esa 19,27 Mb/soniya.

MDH va Boltiqböyi davlatlari içida mobil internet tezligi böyiça Litva — 19, Estoniya — 26, Moldova — 41, Latviya — 56, Armaniston — 57, Ozarboyjon — 60, Gurjiston — 66, Ukraina — 88, Rossiya — 91, Qozoğiston — 99, Qirğiziston — 106, Belarus — 118, Tojikiston — 132-örinda joylaştirilgan.

Hozirça internetning örtaça bahosini bildiruvçi Worldwide mobile data pricing reytingi ötgan yildan buyon yangilanmasdan turibdi. 2018 yil noyabr oyiga asoslangan ma'lumotlarga köra, tadqiqotçilar Özbekistonni 230 davlat içida 69-öringa joylaştirişgan.