30 noyabr kuni Toşkent şahrining “Milliy” stadionida “Biz OITSga qarşimiz” şiori ostida yuriş marafoni bölib ötdi. Mazkur marafon 1 dekarb─ xalqaro OITSga qarşi kuraş kuni munosabati bilan taşkillaştirildi.

300 nafardan ortiq köngillilar iştirok etgan marafonda aholi OITSga qarşilik kayfiyatini namoyiş etgan holda yuriş va çiniqtiriş maşqlarini ommaviy bajarişdi.

UNAIDS (BMTning OIV/OITS böyiça dasturi) ma'lumotlariga köra, bugungi kunda dunyo böyiça 37 mln aholida OIV infeksiyasi aniqlangan. Özbekistonda bu körsatkiç 2019 yil 1 noyabr holatiga köra 42,098 nafarni taşkil etadi.

Har yili an'anaviy ravişda 1 dekabr sanasi OITSga qarşi kuraş kuni sifatida nişonlanadi. Bu butun dunyo hamjamiyatining e'tiborini mazkur global muammo va uning yeçimlariga qaratiş, OITSdan himoyalaniş uçun xabardorlikni oşiriş, bemorlarni qöllab-quvvatlaşni maqsad qiladi. 2019 yilda mazkur sana “Hamjamiyat özgarişlarga erişmoqda” şiori ostida ötkazilmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotlariga köra, Özbekistonda OIV virusiga qarşi dori-darmonlarning 50 foizi davlat budjetidan qoplanadi. Şuningdek, 2018 yilda OITS bilan yondoş keçuvçi kasalliklarni davolaş uçun dori vositalariga 811 mln, bemor onadan tuğilgan bolalarga quruq sut aralaşmalarini xarid qiliş uçun 3 mlrd söm mablağ ajratilgan.

Marafon doirasida iştirokçilarga OITS kasalligi, undan himoyalaniş böyiça axborot berildi, ma'lumotnoma-byulletenlar tarqatildi.