“Formula-1” poygasining joriy mavsumi yakunlandi. Abu-Dabida ötgan oxirgi bosqiçda “Mersedes” a'zosi, muddatdan avval çempionlikni rasmiylaştirib qöygan Lyuis Xemilton ğalaba qozondi. 

Marra çiziğini ikkinçi bölib “Red Bull” poygaçisi Maks Ferstappen, uçinçi bölib “Ferrari” vakili Şarl Lekler kesib ötgan. 

Poyganing endilikda 6 karra çempioni bölmiş Xemilton uçun bu ğalaba yakunlangan mavsumdagi 11- va faoliyatidagi 84-ğalaba böldi.

Mavsum natijalariga köra, Xemilton 413 oçko bilan çempion böldi, Valtteri Bottas (326 oçko) 2-örinni, Maks Ferstappen (278 oçko) 3-örinni egalladi.

Jamoalar orasida “Mersedes” birinçi böldi, 2-örinni “Ferrari”, 3-örinni “Red Bull” egalladi. 

Poyganing keyingi mavsumi 2020 yil 13 martda Avstraliyada boşlanadi. Keyingi mavsumda rekord sonda - 22 ta bosqiç ötkaziş rejalaştirilgan.