Mashhur va qadrdon brend o‘zining yangi mahsulotlarini go‘zal hududlardagi ekstremal sharoitlarda sinovdan o‘tkazdi. Natijalar kutilganidan a'lo!

O‘zbekiston va qator xorijiy OAV vakillar qatori Kun.uz sayti vakillari ham Lada kompaniyasining navbatdagi taqdimotida ishtirok etdilar.

An'analar

Lada brendi o‘zbek xalqi uchun azaldan tanish va ko‘ngilga yaqin. Uzoq yillar davomida bu marka avtomobilini xarid qilish ko‘pchilik yurtdoshlarimiz uchun orzu bo‘lib kelgan. Keyinchalik o‘z avtosanoatimizga ega bo‘ldik, orzular o‘zgardi.

Ammo so‘nggi ikki yil ichida hammasi yangitdan boshlangandek bo‘lmoqda. Qadrdon brend nafaqat omad bilan qaytdi, balki yildan yilga takomillashtirilgan modellar bilan hayratda qoldirmoqda.

Barqarorlik

Brendning O‘zbekiston bozoriga yangicha qiyofada qaytishi darhol diqqatni jalb qilgandi. Keyinchalik ham didi yuqori xaridorning bu e'tibori susaymadi, aksincha barqaror orta bordi. Bu esa dastlabki xaridlar o‘zini oqlagani, keyingi mijoz aynan oldingisi bergan bahoga ko‘ra kelganini anglatadi. Zero hech bir reklama, biror targ‘ibot o‘zi sinab ko‘rgan xaridorning bir og‘iz xolis so‘ziga teng kela olmaydi.

Buning raqamlardagi ifodasi ham bor albatta – 2019 yilning o‘tgan 10 oyi davomida O‘zbekistondagi Lada savdo hajmi 3 barobar ortgan va bu ko‘rsatkich jihatdan mamlakatimiz alohida o‘sish kuzatilgan barcha MDH davlatlarini ortda qoldirgan!

Eksport bo‘yicha rahbar Ameli Men xonim taqdim etgan umumiy raqamlarga e'tibor bersak, o‘tgan 3 yil davomida Lada Vesta modelining tashqi savdo hajmi 4 barobar oshganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.