Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda «Özbekiston poçtasi» AJ Sirdaryo viloyat filiali Boyovut tumanlararo poçta bölimi xabarçilari xizmat mavqeidan foydalanib, firibgarlik va rasmiy hujjatlarni qalbakilaştiriş jinoyatlarini qasddan sodir qilgani aniqlandi. Bu haqda MIBning Sirdaryo bölimi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

Jumladan, poçta aloqa bölimi xodimlariga fuqarolar tomonidan elektr energiya tölovi uçun 149ta holatda 17 217 000 sömlik, tabiiy gaz tölovi uçun 17ta holatda 3 450 000 sömlik tölangan jami 166ta holatda özgalarning 20 667 000 sömlik pul mablağlari hisobotlarga kirim qilmaslik yöli bilan özlaştirib yuborilgan.
Misol uçun, Boyovut tumanlararo poçta aloqa boğlamasining «Taraqqiyot» poçta aloqa bölimi boşliği Ş.B. xabarçisi I.G.dan fuqarolar tomonidan elektr energiyasi tölovi uçun 38ta kvitansiyada 6 607 000 sömlik, tabiiy gaz tölovi uçun 12ta kvitansiyada 3 000 000 sömlik jami 50ta holatda 9 607 000 söm tölangan pullarni olib, Ş.B.ning ixtiyorida bölgan özgalarning 9 607 000 sömlik pul mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman bölimi tomonidan «Özbekiston poçtasi» AJ Sirdaryo viloyat filiali Boyovut tumanlararo poçta aloqa bölimi xodimlariga nisbatan Özbekiston Respublikasi JK 167-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












