Vazirlar Mahkamasining Özbekiston Respublikasi Notarial palatasi faoliyati taşkil etiş töğrisidagi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Qayd etilişiça:
Özbekiston Respublikasi Notarial palatasining taşkiliy tuzilmasiga muvofiq Konferensiya Palataning yuqori organi, Boşqaruv – ijro etuvçi organi, Taftiş komissiyasi moliyaviy nazorat organi, Etika komissiyasi kasb etikasi qoidalariga rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş organi hisoblanadi;
Özbekiston Respublikasi Notarial palatasining raisi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Notarial palataning Konferensiyasi tomonidan uşbu Konferensiya saylagan Notarial palata Boşqaruvi a'zolari – notariuslar orasidan beş yil muddatga saylanadi;
Qoraqalpoğiston Respublikasida, viloyatlar va Toşkent şahrida yuridik şaxs maqomiga ega bölgan, Özbekiston Respublikasi Notarial palatasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat körsatadigan Özbekiston Respublikasi Notarial palatasining hududiy boşqarmalari taşkil etiladi;
Özbekiston Respublikasi Notarial palatasi hududiy boşqarmalarining rahbarlari tegişli hududda faoliyat körsatayotgan notariuslar orasidan Özbekiston Respublikasi Notarial palatasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Özbekiston Respublikasi Notarial palatasining ta'sis Konferensiyasini ötkazsin, unda ustav tasdiqlanişini, Boşqaruv va Taftiş komissiyasi şakllantirilişini, şuningdek Özbekiston Respublikasi Notarial palatasining raisi saylanişini nazarda tutadi;
Özbekiston Respublikasi Notarial palatasining belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilişini ta'minlaydi.
Quyidagilar Özbekiston Respublikasi Notarial palatasi faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:
notariuslarning Özbekiston Respublikasi Notarial palatasi Konferensiyasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi kiriş va a'zolik badallari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa tuşumlar.
Körsatib ötilgan mablağlardan faqat Palataning ustavdagi faoliyatini amalga oşiriş uçun foydalaniladi hamda ular Özbekiston Respublikasi Notarial palatasi a'zolari örtasida taqsimlanmaydi.












