Kamqonlik bilan qanday kuraşiş mumkin: sabablari, alomatlari, darajalari va davolaş usullari
|02:51 / 05.12.2019261 35412 min
Siz doimo zaiflik sezasizmi, tez çarçaysiz, teringiz esa oqarib ketgandek rangpar tusda ega böladimi? Endi savollarni qayta öqing va yaxşilab öylab köring. Ehtimol, bularning barçasi anemiya bilan boğliqdir. Quyida bu nimani anglatişi va u bilan qanday kuraşişni örgatamiz - unga qarşi turişingiz kerak.
Boşqa köplab qon kasalliklaridan farqli ölaroq, kamqonlik juda keng tarqalgan: statistik ma'lumotlarga köra, dunyo aholisining çorak qismi anemiyadan aziyat çekmoqda. Yaxşiyamki, aksariyat hollarda gap kasallikning yengil şakllari haqida boradi, vaholanki ular ba'zida soğliğingizga va kayfiyatingizga tahdid solişi mumkin.
Foto: Andrew Mason / Flickr.com
Anemiya nima?
Har bir katta yoşli odamning tanasida taxminan 5 litr qon mavjud. Agar siz öz tanangizda qança qon borligini bilmoqçi bölsangiz, unda eslab qoling — bu tana vaznining 7 foizini taşkil qiladi. Qon özining asosi böyiça tarkibida tuzlar bölgan suvdir, ammo uning eng muhim tarkibiy qismi qon içida aylanib yuradigan hujayralardir. Uşbu hujayralar suyak iligida hosil böladi va ularning qiymatini ortiqça baholaş qiyin. Eritrotsitlar, ya'ni qizil qon tanaçalarining özigina öpkadan çiqadigan kislorodni tanamizning barça töqimalariga yetkazadi va şu bilan nafas olişda qatnaşadi. Aynan ular qonni qizil rangga kiritadi. Boşqalari, masalan oq qon hujayralari bizni mikrob va viruslardan himoya qiladi. Va nihoyat, uçinçi xil hujayralar — trombotsitlar, şikastlanganimizda qon ketişini töxtatadi. Agar qaysidir hujayra miqdori juda kamayib ketsa yoki öz funksiyasini bajarişdan töxtasa, soğligimiz yomonlaşadi.
Anemiyaning rivojlanişi uşbu hujayralardan biri — qizil qon tanaçalari yetişmasligi bilan boğliq. Ammo, ba'zida qizil qon tanaçalarining soni saqlanib qolgan holatda ularning asosiy tarkibiy qismi, kislorodni olib yuradigan gemoglobin oqsilining soni kamayadi. Natijada, qizil qon tanaçalari «sifatsiz» bölib qoladi va ularning funksiyalari, hatto qizil qon hujayralari soni özgarmasa ham işdan çiqadi. Şunday qilib, biz anemiya nimaligini bilib oldik — qizil qon tanaçalari yoki ular tarkibidagi gemoglobin miqdori kamayganda yuzaga keladigan holat. Uşbu hujayralar nafas olgan kislorodimizni tanadagi barça töqimalar va hujayralarga yetkaziş uçun javobgardir, şuning uçun kamqonlik bilan organizm asta-sekin «böğila» boşlaydi.
Yaxşiyamki, tanamiz mukammal moslaşiş qobiliyatiga ega va vaqt ötişi bilan eritrotsitlar yoki gemoglobinning yetişmasligi örnini qoplay oladi (Toğli hududlarda yaşaydigan insonlarning kislorod bosimi kam bölgan siyrak havoga qanday moslaşganini eslaş kifoya). Biroq, ertami-keçmi, organizm kamqonlikka qarşi turiş va uning oqibatlarini yaşiriş uçun sarf etiladigan kuçini yöqotadi. Bunday holda, kamqonlik belgilari paydo bölişni boşlaydi.
Mavzuga oid
Foto: Eddy Van 3000 / Flickr.com
Anemiya belgilari
Kamqonlikning asosiy belgisi — doimiy çarçoq hissi. Buning ajablanarli joyi yöq: hujayralar kam kislorod olgaç, uni tejaydi va avvalgidan kamroq faol işlay boşlaydi. Ammo, agar siz çarçagan bölsangiz, sizda anemiya bor deb qat'iy aytib bölmaydi — çarçaşning boşqa sabablari ham bölişi mumkin.
Anemiyaning boşqa belgilari orasida nafas qisişi, işçanlik va diqqat pasayişi, serjahllik mavjud. Kişi özini «begona sayyorada» his qila boşlaydi: bu ajablanarli emas, çunki tana töqimalari ular uçun juda zarur bölgan darajada kislorod qabul qilmayapti! Anemiya kuçaygani sayin terining rangi oqarib ketadi hamda qöllar va oyoqlar sovuq bölib, doimiy muzlaydi.
Yana bir belgi — bu yurak urişi tezlaşişi: yurak heç bölmasa şu yöl bilan töqimalarga köproq qon yetkazib berişga va kislorod yetişmasligini sifat orqali emas, miqdor orqali qoplaşga harakat qiladi. Uning fonida boş aylanişi va oğriği paydo bölişi mumkin.
Körinib turibdiki, barçamiz kamida bir marta kamqonlikning qaysidir belgisini boşdan keçirganmiz. Ular ajablanarli darajada öziga xos emas — tezlaşgan puls, nafas qisilişi, çarçoq va hatto yengil boş aylanişi oddiy yugurişdan keyin ham paydo bölişi mumkin. Uşbu alomatlar mavjudligi faqatgina anemiyadan şubhalanişga yordam beradi, ammo ularning yordami bilan taşxis qöyiş mumkin emas.
Foto: Griszka Niewiadomski / Freeimages.com
Anemiya taşxisi qanday qöyiladi?
Anemiya odatda qon tekşiruvi asosida taşxis qilinadi. Bu holda markaziy körsatkiçlar qizil qon hujayralari va gemoglobin miqdoridir. Anemiya tabiatini aniqlaş uçun an'anaviy ravişda qon rang körsatkiçi qöllanadi, bu nafaqat gemoglobin miqdorini, balki qizil qon tanaçalari bilan qanday töyinganligini ham körsatadi. Çet elda buning uçun yana bir körsatkiç — gematokritdan foydalaniş odatiy holdir. Bundan taşqari, şifokor sizga yana bir neçta tekşiruvlardan ötişni buyurişi mumkin — qondagi erkin temirni, şuningdek, transferrin va ferritin oqsillarini aniqlaş. Ularning barçasi anemiyaning eng keng tarqalgan turini — temir tanqisligini aniqlaşga imkon beradi.
Nima uçun kamqonlik paydo böladi?
Anemiyani davolaş uçun siz uni keltirib çiqargan sabab bilan kuraşişingiz kerak. Yuqorida aytib ötganimizdek, kamqonlikning eng keng tarqalgan turi bu temir tanqisligidir. Nomidan körinib turibdiki, organizmda gemoglobinning asosiy tarkibiy qismi bölgan temir yetişmasligi. Buning sabablari yetarliça bölişi mumkin, ammo ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat: temir yo ovqat bilan yetarli miqdorda ta'minlanmaydi yoki tanadan ortiqça çiqariladi. Şifokorlar uşbu sabablarning qaysi biri köproq tarqalgani töğrisida bahslaşişadi, ammo ikkisi ham juda muhimdir.
Köp miqdorda temir göştda, jigarda, ozgina kam miqdorda barra sabzavotlarda, quritilgan mevalarda, dukkakli ekinlarda va hatto butun donli nonda uçraydi. Dökonlarda uçraydigan ba'zi mahsulotlar temir bilan alohida boyitilgan böladi. Ammo insonning temirni oziq-ovqatdan singdiriş qobiliyati juda çeklangan: kuniga bir neça milligrammdan oşmaydi. Aynan şuning uçun yöqotilgan temir örnini dori vositalari yoki oziq-ovqat bilan töldiriş tez bajariladigan iş emas. Ta'sir sezilişi uçun haftalar va oylar kutiş kerak.
Foto: Nick Royer / Flickr.com
Demakki, temirni özlaştiriş şunçalik qiyin iş ekan, tanamiz unga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondaşişiga va uni har tomonlama tejaşni örganişiga töğri keladi. Öz hayotini yaşab bölgan qizil qon hujayralari (ular bir yarim oydan ikki oygaça yaşaydi) tarkibidagi temirning köp qismi yana işlatiladi. Şunday qilib, tanadagi temir miqdori juda barqaror qiymatdir. Unda, nima uçun temir tanqisligi kamqonligi tez-tez uçrab turadi? Javob oddiy — temirni yöqotiş yoki unga bölgan ehtiyojning ortişi tufayli.
Anemiyadan köpinça ayollar aziyat çekadi. Axir, ayol tanasi har oy oz miqdordagi qon va u bilan birgalikda eritrotsitlar gemoglobini saqlovçi qimmatli temir yöqotadi. Uning miqdori oz bölsa ham, temir yöqotilişini oziq-ovqat bilan töldiriş qiyinligi oydinlaşdi. Ammo, xuddi şu tarzda, har qanday qon ketişi anemiyaga olib keladi: şikastlanişm yoki oşqozon yarasi yoki içakdagi ösma natijasida qon ketişi. Aynan şu sababli surunkali anemiya ösma xavfi katta bölgan keksa bemorlarda taşviş uyğotadi.
Anemiya uçun yana bir xavf toifasi bolalardir. Rivojlanişning ma'lum bosqiçlarida bu deyarli har bir bolada kuzatiladi: «böy sakraşi» deb nomlangan davrda, bola tez ösib, temirga bölgan ehtiyoj oşganda sodir böladi. Şunga öxşaş sabablarga köra, temir ehtiyoji ortişi homilador ayollarda ham kuzatiladi.
Bundan taşqari, töyib ovqatlanmaslik tufayli kamqonlik yuzaga kelişi mumkinligini ham yoddan çiqarmaslik kerak. Töğri, köpinça bu nafaqat temir yetişmasligi, balki oziq-ovqat tarkibidagi B12 vitamini yetişmasligi bilan ham boğliq. Bunday holda, kamqonlik B12 yetişmovçiligi deb ataladi va qizil qon tanaçalari şakllanişining buzilişi tufayli yuzaga keladi (bu vitamin uşbu jarayonda qatnaşadi). Göşt, sut, baliq va tuxum B12 vitaminiga boydir. Şu munosabat bilan, vegetarianlarga, odatda, uning yetişmasligi oldini oliş uçun maxsus parhez qöşimçalarini içiş tavsiya etiladi.
Yuqorida sanab ötilgan sabablarga qöşimça ravişda, anemiya surunkali buyrak kasalligining (aynan buyrakda eritropoetin hosil böladi — qizil qon hujayralari şakllanişini rağbatlantiradigan gormon), har qanday surunkali infeksiyalar va yalliğlanişlar, irsiy sabablar va bir qator dorilarning nojöya ta'siri natijasi bölişi mumkin. Ammo kamqonlikni keltirib çiqaradigan asosiy omil — temir tanqisligi.
Foto: Erich Ferdinand / Flickr.com
Kamqonlikni davolaş
Anemiyani davolaşning töliq jarayoni şifokor nazorati ostida ötişi kerak. Birinçidan, qizil qon tanaçalari va gemoglobin miqdori xavfli past körsatkiçlarga tuşib qolmasligi uçun ehtiyot böliş kerak. Ikkinçidan, içki qon ketiş kabi öta tahlikali anemiya sababini ötkazib yubormaslik kerak.
Yengil anemiya temir moddasi yuqori bölgan ovqatlarga va uşbu metallni öz içiga olgan oziq-ovqat qöşimçalariga asoslangan maxsus parhez bilan davolanadi. Bu va boşqasini ham uzoq vaqt davom ettiriş kerak: bir neça hafta va oylar davomida, hatto qizil qon tanaçalari va gemoglobin miqdori normal qiymatlarga qaytgandan keyin ham — bularning barçasi tanada temir saqlanadigan omborni yaratiş uçun zarur. Aks holda, takroriy kamqonlik xavfi juda katta.
Anemiyaning oğir şakllari qon yoki uning şakliy elementlarini quyişni talab qiladi. Ba'zi mamlakatlarda eritropoetin işlab çiqarişni rağbatlantiruvçi dorilar keng qöllanadi, ammo ularning xavfsizligi haqida jumboqlar mavjud.
Foto: Michael Stern / Flickr.com
Anemiya profilaktikasi
Boşqa köplab kasalliklar singari, anemiyani davolaşdan köra oldini oliş osonroq. Temir tanqisligi kamqonlikning asosiy sababi ekanligini hisobga olsak, töğri ovqatlanişning ahamiyati juda katta.
Temirga boy ovqatlar:
jigar;
qizil göşt;
dengiz mahsulotlari;
quritilgan mevalar;
yonğoqlar;
brokkoli va ismaloq;
butun don mahsulotlari.
Agar bu yetarli bölmasa, vitamin-mineral komplekslari va tarkibida temir moddasi saqlovçi preparatlardan foydalaniş mumkin. Quyida ularni qabul qilişning bir neça qoidalari keltiriladi:
köplab temir preparatlari oşqozonni bezovta qiladi, şuning uçun ularni oziq-ovqat bilan birga qabul qiliş kerak;
dorilarning şifokor tomonidan buyurilgan yoki yöriqnomada körsatilgan dozalari va rejimiga diqqat bilan amal qiling — birinçi kunlarda dozani asta-sekin oşiriş kerak;
yodda tuting: S vitamini temir sörilişini rağbatlantiradi. Ba'zi mahsulotlar esa, aksinça, bunga xalaqit berişadi: masalan, sut, qahva va çoy.
Anemiya profilaktikasi uçun ekzotik usul sifatida dengiz sathidan nisbatan baland hududlarga köçib ötiş ham taklif qilinişi mumkin. Aniqlanişiça, toğli hududlarda bir munça vaqt yaşagan odamlar anemiyaga kamroq moyil böladi, çunki ularning tanasi gemoglobinni avvalgiga qaraganda köproq miqdorda işlab çiqarişni «örgangan». Aytgança, uşbu uslub sportçilar bilan maşğulot olib borişda ham qöllanadi.
Şunday qilib, kamqonlikning oldini oliş va davolaşning ahamiyati juda katta. Ba'zida uni adaşib normal narsa deb hisoblaşadi, ayniqsa gemoglobin darajasi doimo past bölgan ayollar orasida. Afsuski, unday emas, anemiya hayot sifatini yomonlaştirişi va odamni boşqa kasalliklarga köproq moyil qilişi mumkin. Anemiyani öz vaqtida aniqlaş va davolaş kerak.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi