Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Olimpiadasidagi marafon musobaqalari o‘tkazilish joyi ming kilometr uzoqqa ko‘chirildi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi Olimpiadadagi yengil atletika bo‘yicha musobaqalarning o‘tkazilish joyining O‘yinlar poytaxti Tokiodan Sapporoga ko‘chirilishini tasdiqlashdi. Bu ikki shahar bir-biridan ming kilometr uzoqlikda joylashgan. O‘tkazilish joyi ko‘chirilgan musobaqalarga marafon va sportcha yurish bo‘yicha musobaqalar kirgan.
Musobaqalar o‘tkazilish joyining ko‘chirilishini XOQ talab qilgan, chunki Tokioda O‘yinlar o‘tkaziladigan vaqtda havo issiq bo‘lishi va bu sportchilar hamda tomoshabinlar salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanilgan. Tokio rahbariyati dastlab bunga qarshi chiqqan, ammo XOQning muvofiqlashtirish komissiyasi rahbari Jon Kouts shahar rahbariyatini ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.
Joriy yilda avvalroq Qatar poytaxti Dohada yengil atletika bo‘yicha o‘tgan jahon chempionatida havo issiqligi sababli ko‘pchilik sportchilar holsizlanib, hattoki hushlarini yo‘qotishgandi.
Tokio Olimpiadasi 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
17:00 / 05.05.2026
Toshkentda ommaviy yugurish tadbiri: New Uzbekistan Annual Run–2026 marafoni bo‘lib o‘tdi
17:15 / 27.04.2026
Tokioda davlat xizmatchilariga ishda shortik kiyishga ruxsat berildi
22:55 / 26.03.2026