2019 yil 4 dekabr kuni Toşkent davlat şarqşunoslik institutida tantanali ravişda Yaponşunoslik fakulteti oçildi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Aziz Abduhakimov, oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, Yaponiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Fudjiyama Yoşinori janoblari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
1992 yilda Toşkent davlat şarqşunoslik institutida taşkil etilgan Yapon filologiyasi kafedrasi nafaqat Özbekistonda, balki butun Örta Osiyoda yapon tilini öqitiş böyiça oçilgan birinçi öquv maskani sanaladi.
Oxirgi yillarda ToşDŞIda yaponşunoslik sohasida qilingan ilmiy-tadqiqot işlari natijalari yangi fakultet şakllanişiga asos böldi.
ToşDŞIda yangi fakultetning taşkil topişi yaponşunoslik böyiça öquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot işlarini bir yerga töplaş hamda uşbu soha yönalişlarini muvofiqlaştiriş imkoniyatini beriş bilan bir qatorda, özbek yaponşunosligini yangi poğonaga kötarişga xizmat qilişi aytiladi.













